Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Boks. Terma jamoamiz Qozog‘istondagi turnirda ishtirok etadi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Tarkibimiz bilan tanishing.

28 iyundan 7 iyulga qadar, Qozog‘istonning Astana shahri "World Boxing" tashkiloti kubogi bahslarining navbatdagi bosqich janglariga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada bu safar ayollar terma jamoamiz ishtirok etadi. Bugun Elshod Rasulov boshchiligida vakillarimiz Astanaga etib bordi.

Tarkibimiz bilan tanishing:

-48 kg. Farzona Fozilova
-51 kg. Sabina Boboqulova
-54 kg. Feruza Kazakova
-57 kg. Xumora Ma’majonova
-60 kg. Sitora Turdibekova
-65 kg. Navbahor Hamidova
-75 kg. Aziza Zokirova
-80 kg. Sohiba Ro‘zmetova
+80 kg. Oltinoy Sotimboeva

Murabbiylar: Elshod Rasulov, Fernandez Ximenez Barbaro, Islom Tadjibaev, Istam Kabinov. 

Shifokor: Komiljon Rasulov. 

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q