Boks yulduzi o‘zini MMAda sinab ko‘rmoqchi

  • 05.06.2026 14:34
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshuа aralash yakkakurashlarda o‘z kuchini sinab ko‘rishni istamoqda.

"Nima uchun men MMAga qadam bosmasligim kerak, axir MMA ustalari ham boksda o‘z omadini sinab ko‘rishyapti-ku?! Albatta, boks – katta biznes, u yakkakurashlarning eng cho‘qqilagi turi. Biroq baribir ba’zida qiziqish ustun keladi.

Agar MMAga o‘tsam, nomdor raqib bilan kurashishni istardim. O‘ylaymanki, bu ham kelajakda, albatta, sodir bo‘ladi", - dedi Joshuа "Mr Verzace" podkastida.

Ma’lumot uchun,  Entoni Joshuа 25 iyul kuni Ar-Riyodda albaniyalik Kristian Prengaga qarshi ringga ko‘tarilib, yil oxirida hamyurti Tayson Fyuri bilan uzoq kutilgan jangni o‘tkazishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!