Bokschilarimiz Rossiyadagi turnirda muvaffaqiyatli start olishdi

  • 14 may, 2024, 20:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Xabar berganimizdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rossiyaning Xabarovsk shahridagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida 4 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi va barchasi ishonchli g‘alaba bilan navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Albert Gataullin (Rossiya) 5:0
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Azrak Babirov (Ozarbayjon) 5:0
-67 kg: Ruslan Abdullaev - Denis Gabdrafikov (Rossiya) 5:0
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Marat Magomedov (Rossiya) raqib 3-raundda diskvalifikatsiya qilindi

18 mayga qadar davom etadigan ushbu musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Serbiya, Ozarbayjon va Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan 150 nafar charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun jang qilishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!