
Bokschilarimiz Tailandga uchib ketishdi
Musobaqada qit’amizning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan etakchi charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishadi. Bugun erta tongda chempionatda ishtirok etuvchi bokchilarimiz Bangkokka yo‘l olishdi. Bu haqda Boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Erkaklar:
- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
- 52 kg: Hasanboy Do‘smatov
- 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
- 60 kg: Shukurjon Rahimov
- 64 kg: Shunqor Abdurasulov
- 69 kg: Bobo-Usmon Boturov
- 75 kg: Isroil Madrimov
- 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov
- 91 kg: Sanjar Tursunov
+ 91 kg: Bahodir Jalolov
Bosh murabbiy: Marat Qurbanov.
Ayollar:
- 48 kg: Fotima Tursunboeva
- 51 kg: Farangiz Hoshimova
- 57 kg: Yodgoroy Mirzaeva
- 60 kg: Rayxona Qodirova
- 64 kg: Maftuna Melieva
- 69 kg: Shahnoza Yunusova
- 75 kg: Mavluda Mavlonova
- 81 kg: E’zoza Melieva
Katta murabbiy: Lochin Qo‘chqorov
Fikrlar