Asosiy mazmunga oʻtish

Bokschilarimiz Xalqaro musobaqaga jo‘nab ketishdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Turnirda hamyurtimiz Bekjon Yusupov hakam sifatida faoliyat olib boradi.

13-19 may kunlari Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xotirasiga bag‘ishlangan Xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun To‘lqin Qilichev boshchiligidagi O‘zbekiston boks erkaklar va ayollar milliy terma jamoasi ham Rossiyaga jo‘nab ketishdi.

Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

Erkaklar:

-48 kg: Avazjon Yo‘ldoshev
-54 kg: Hasanboy Do‘smatov
-54 kg: Shahzod Muzafarov
-57 kg: Abdumalik Halokov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-67 kg: Ruslan Abdullaev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-71 kg: Iqboljon Holdarov
-80 kg: To‘rabek Habibullaev
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-92 kg: Madiyar Saidrahimov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov

Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Xuan Enrike, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Farrux Qilichev, Davron Gafurov.

Ayollar:

-50 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg: Aziza Yoqubova
-66 kg: Dilfuza Bekova
-75 kg: Aziza Dayirbekova

Murabbiy: Jamol Po‘latov.
Shifokor: Xurshid Mirgaliev.

Turnirda hamyurtimiz Bekjon Yusupov hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q