Bokschilarimiz xalqaro yig‘inga jo‘nab ketdi

  • 16 iyun, 12:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

14-28 iyun kunlari Turkiyada ayollar terma jamoamiz xalqaro qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib boradi. Elshod Rasulov boshchiligida qizlarimiz bugun tongda Turkiyaga uchib ketishdi. Ushbu yig‘in oldinda turgan muhim musobaqalar, jumladan, Astana va Liverpulda bo‘lib o‘tadigan World Boxing tashkiloti  kubogi va  Jahon chempionati oldidan muhim tayyorlov vazifalarini ham o‘tab beradi.

Tecno

Yig‘inga jalb etilgan tarkibimiz bilan tanishing:

Farzona Fozilova
Sabina Boboqulova
Feruza Kazakova
Xumora Ma’majonova
Sitora Turdibekova
Navbahor Hamidova
Aziza Zokirova
Sohiba Ro‘zmetova
Oltinoy Sotimboeva

Murabbiylar: Elshod Rasulov, Islom Tadjibaev, Istam Kabinov, Laziz Sharifjonov, Shukur Vapaev.

Shifokor: Komiljon Rasulov. 

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!