Bokschimiz Dilfuza Bekova Rossiyada jang qiladi!
Bugun, 19 aprel kuni Rossiyaning Moskva shahrida Shamoboxing promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etiladi.
Mazkur oqshomda vakilamiz Dilfuza Bekova ham navbatdagi jangini o‘tkazadi. U rossiyalik Yevropa chempioni, Jahon chempionati sovrindori Natalya Shadrinaga qarshi bahs yuritadi.
Ma’lumot uchun, Shadrina professional yo‘nalishda 3 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Bekovada esa bitta jangdagi mag‘lubiyat bor.
Fikrlar