Bo‘lajak murabbiy “Manchester Yunayted”ga ikki o‘yinchi tanladi!
“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiylikka Erik ten Xagni tasdiqlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, niderladiyalik mutaxassis kelasi mavsum uchun o‘zi bilan ishlaydigan yangi o‘yinchilarni tanlay boshladi.
U birinchi bo‘lib, “Tottenxem” yarim himoyachisi Stiven Bergveynni olishni so‘ramoqda. Aslida Erik ten Xag o‘z hamyurtini “Ayaks”ga transfer qilinishini istagan edi. Endi o‘zi manchesterliklarni qabul qilib olsa, 24 yoshli o‘yinchini shu jamoaga olib o‘tmoqchi.
Bergveyn PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va “shporlar” 2020 yilda yarim himoyachi uchun 30 million evro to‘lagan.
Har ikki qanot va hujumda o‘ynay oladigan Bergveyn ning narxi ancha pastlagan va uni yozda 20 million evrogacha bo‘lgan summaga transfer qilish imkoni bor.
Erik ten Xag tanlagan ikkinchi o‘yinchi “Monako” tayanch yarim himoyachisi Orelen Tchuamenidir. 22 yoshli futbolchini olish oson bo‘lmaydi. Ayni paytda frantsiyalik iqtidor egasiga “Real”, “Chelsi” va “Bavariya”dan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.
Fikrlar