Bo‘larkan-ku! Messi bir gapi bilan Ronaldu muxlislari hurmatini qozondi

  • 09.11.2025 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jurnalist sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messidan o‘zidan keyin dunyoning eng kuchli futbolchilari nomini aytishni so‘rashdi.

“Inter Mayami”ning 38 yoshli hujumchi javobi bilan ko‘pchilikni hayron qoldirdi.

- Jahonda kuchli o‘yinchilar juda ko‘p. Har biri o‘ziga xos jihatlari bilan kuchli. Shunga qaramay, Neymar, Kiliae Mbappe, Eden Azar, Luis Suares va Serxio Aguero nomini aytaman, - dedi Messi.

Jurnalistlar bu ro‘yxatda jahon futbolida eng ko‘p gol urgan va Messining ashaddiy raqobatchisi bo‘lgan Krishtianu Ronaldu yo‘qligiga e’tibor qaratib, buning sababini so‘rashdi.

- Krishtianu nega ular orasida yo‘q? Chunki u men bilan bir darajada ekani uchun aytmadim, - dedi Lionel Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!