
Bonuchchi Shvetsiya termasiga qarshi javob bahsida maxsus niqobda o‘ynaydi
Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi Shvetsiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan pley-offning dastlabki o‘yinidan so‘ng tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra “Milan” sardori ushbu o‘yinda shvetsiyalik futbolchi Ol Toyvonenning zarbasidan so‘ng burnini sindirib olgan. Sky Sports Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Bonuchchi Shvetsiyaga qarshi javob bahsida maxsus niqob bilan o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya hamda Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 13 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:45da “San-Siro” stadionida boshlanadi.
Fikrlar