BOOOM! Bektemir Meliqo‘ziev Gabriel Rosadoga qarshi revansh jangini o‘tkazadi

  • 04.04.2023 04:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks

Professional boksning super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg) faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev o‘zining navbatdagi jangini 22 aprel kuni, AQShning Las Vegas shahrida joylashgan "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘tkazadi. 

Ushbu oqshomda unga o‘zining eski tanishi - Gabriel Rosado raqiblik qiladi. 

2021 yilda bu ikki bokschi o‘zro to‘qnash kelgan va unda Rosado muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi. Bu safar Meliqo‘ziev undan revansh olishga harakat qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, kechaning markaziy bahsida engil vazn toifasidagi boks yulduzlari Jervonta Devis va Rayan Garsiya o‘zaro to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
04/04/2023 18:22
Зўр янгилик