“Bo‘rilar” grandlar talashayotgan vunderkindga narx belgiladi

  • 08.03.2026 10:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum yakunida Angliya Premier-ligasini tark etish ehtimoli juda yuqori bo‘lgan “Vulverxempton” rahbariyati Yevropaning qator klublari nishonida turgan 18 yoshli Mateus Mane transferidan mo‘may daromad ishlab olmoqchi.

Angliyalik futbolchi “bo‘rilar” safida asosiy o‘yinchilardan hisoblanadi. U yosh bo‘lishiga qaramay, barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushdi, raqiblar darvozasiga 7 ta gol urdi va jamoadoshlariga 6 ta golli uzatma berdi.

Bir necha nufuzli manbalarning yozishicha, Manega Angliya, Fransiya, Germaniyada o‘nga yaqin katta klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda va yozgi transferlar davrida uni qo‘lga kiritmoqchi.

“Vulverxempton” esa yosh o‘yinchiga tobora oshib borayotgan qiziqishdan unumli foydalanib qolmoqchi. “Bo‘rilar” Mateus Mane transferi bo‘yicha 57 million evrodan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!