"Bornmut" futbolchisi "Arsenal"ni tanladi
"Bornmut" qanot hujumchisi Antuan Semeno faoliyatini qaysi klubda davom ettirishni xohlayotgani ma’lum bo‘ldi.
"SunSport" nashri xabariga ko‘ra, futbolchi Londonning "Arsenal" klubiga o‘tmoqchi. Ganalik vingerning xizmatlariga "Tottenxem" ham qiziqish bildirgandi, biroq futbolchi Londonning boshqa jamoasini tanladi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchining "Bornmut" bilan shartnomasida 74 million evro miqdorida tovon puli mavjud. Bu mavsumda Semeno barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar