
"Borussiya D" o‘z maydonida "Ayntraxt"ga mag‘lub bo‘ldi (video)
Germaniya Bundesligasning 27-turida “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida “Ayntraxt”ni qabul qildi.
“Signal Iduna Park” stadionida kechgan bahs 1:2 hisobida frankfurtlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Ayntraxt”ga g‘alaba keltirgan gollarga Niko Shults (11' avtogol) va Andre Silva (87') mualliflik qildi. “Borussiya”ning javob golini Mats Xummels (45') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar