"Borussiya D" Sanchoni aytgan puliga sotmoqchi

  • 29.07.2020 21:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund "Manchester Yunayted" qiziqayotgan Jeydon Sanchoning narxini tushirmoqchi emas.

Kicker nashrining xabar berishicha, nemis grandi 20 yoshli ingliz futbolchisini 120 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi. Shu bois, ular bundan avvalroq, “qizil iblislar”dan bo‘lgan 100 million evrolik taklifni rad etdi.

Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 20 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!