"Borussiya" Dortmund etakchi futbolchisidan ayrildi

  • 17.09.2021 16:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi yana bir markaziy chiziq vakilidan ayrildi. Jarohati sabab Yulian Brandt lazaretga ravona bo‘ldi. 

“Brandt biroz o‘yindan tashqarida bo‘ladi. U mushaklarini shikastlab oldi. Uning tiklanishi uchun taxminan ikki hafta ketadi deb o‘ylayman”, - dedi bosh murabbiyi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

25 yoshli Brand joriy mavsum Bundesligada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.  Uning klub bilan imzolagan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi.

“Borussiya” Dortmund 4 turdan so‘ng 9 ochko bilan Bundesliga musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!