"Borussiya" Dortmund hujumchisi "Dinamo" Moskva bilan shartnoma imzoladi
Dortmundning “Borussiya” klubi forvardi Maksimilian Filipp Moskvaning “Dinamo” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli futbolchining transferi rus klubiga 20 mln evroga tushgan. Germaniyalik futbolchi “Dinamo” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi. U yangi jamoasida 5-raqamda o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, Filipp “Borussiya” Dortmund sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 51ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar