"Borussiya" Dortmund Sanchoning maoshini 2 barobarga oshirdi

  • 20.08.2019 14:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya” Dortmund klubi rahbariyati jamoa vingeri Jeydon Sanchoni o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari uchun munosib rag‘batlantirdi.

Bild nashri tarqatgan xabarga qaraganda dortmundliklar 19 yoshli angliyalik futbolchining yillik maoshini naqd 2 barobarga oshirgan. Aniqrog‘i, u endi 3 million emas, balki 6 mln evro maosh oladi.

Ma’lumot uchun, Sancho o‘tgan mavsum Bundesligada jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!