"Borussiya" futbolchisi "Barselona"da o‘ynamoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi o‘ng qanot himoyachisi Toma Mene mavsum oxirida jamoasini tark etmoqchi. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi "Barselona"ga o‘tishga umid qilmoqda.
31 yoshli Menening Dortmund klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Barselona" transfer uchun ma’lum miqdorda tovon to‘lashi kerak bo‘ladi. Lekin moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq vaziyat kataloniyaliklar uchun muammo bo‘lishi mumkin .
Oktyabr oyida olgan jarohatidan so‘ng Toma "Borussiya" klubining asosiy o‘yinchisi bo‘lmay qoldi. Belgiyalik futbolchi fevral oyida safga qaytdi, biroq o‘shandan beri jamoasini Bundesligada asosiy tarkibda maydonga tushmadi.

Fikrlar