"Borussiya" futbolchisi "Barselona"ga o‘tmoqchi

  • 14 oktabr, 2021, 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Borussiya” Myunxengladbax yarim himoyachisi Denis Zakariya faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi.

Aytish kerakki, 24 yoshli shveytsariyalik futbolchining nemis klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Bundan avvalroq Zakariyaga “Yuventus”, “Roma” va “Borussiya” Dortmund klublaridan ham qiziqishlar mavjud ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Denis Zakariya joriy mavsum Bundesligada 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2  ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!