"Borussiya" Roys bilan yangi shartnoma imzolashga ishonchi komil

  • 13.04.2023 17:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning "Borussiya" jamoasi sardori Marko Roys bilan yangi shartnoma tuza olishiga ishonmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, hozirda muzokaralar ilg‘or bosqichda. Germaniyalik futbolchining o‘zi ham Edin Terzich jamoasida qolishni istamoqda.

Tecno

Roysning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Marko "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin edi, ammo endi u "Signal Iduna Park"da qolishga qaror qildi.

Roys Dortmundning asosiy jamoasida 2012 yilning yozidan beri, 33 yoshli futbolchi "asalarilar" bilan 2013-yilda Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olgandi va "Bavariya"ga yutqazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!