
"Borussiya" Xoland bilan xayrlashishga tayyor
“Borussiya” rahbariyati Erling Xolandni sotib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dortmundliklar hozirdan norvegiyalik to‘purarning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni qidira boshladi.
Bundesliga vakili joriy mavsumda ko‘p gol urayotgan ikki forvardni nishonga oldi. Ulardan biri “Ayaks” hujumchisi Sebastyan Alle Niderdanliya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida o‘ntadan gol urib, qator klublar e’tiborini o‘ziga tortdi.
Ikkinchi nomzod Bunesliga to‘purarlar poygasida “Bavariya” vakili Robert Levandovski bilan raqobatlashayotgan Patrik Shikdir. “Bayer” sharafini himoya qilayotgan chexiyalik hujumchi 14 ta uchrashuvda 16 ta gol urdi va jamoasining to‘rtinchi o‘rinda borishiga munosib hissa qo‘shyapti.
Erling Xoland esa Dortmundga kelganidan buyon “Borussiya” safida 75 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini jami 76 marta ishg‘ol qildi.
Fikrlar