
“Borussiya” yulduzidan voz kechyapti
O‘tgan yildan beri grand klublardan taklif olayotgan Jeydon Sancho yozda Dortmundni tark etadigan bo‘ldi. Angliyalik futbolchi “Borussiya” rahbariyatini o‘zini qo‘yib yuborishga ko‘ndirdi. Buni klub rahbari ham tasdiqladi.
- Biz Sancho bilan uning kelajagi haqida gaplashib oldik. Agar yaxshi taklif tushadigan bo‘lsa, uni o‘yinchining o‘zi va agenti bilan birga ko‘rib chiqamiz, - dedi “Borussiya” klubi prezidenti Xans-Yoaxim Vattske.
Dortmundliklar Jeydon Sanchoning o‘rnini bosadigan futbolchi ham topib qo‘ydi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Borussiya” rahbariyati “Verder” etakchisi Milot Rashitsani taklif qiladi.
Kosovo terma jamoasining 24 yoshli futbolchiga ayni paytda “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bilmoqda. Shuningdek, manchesterliklar anchadan beri Jeydon Sanchoga xaridor hisoblanadi.
Fikrlar