"Borussiya"ni erkin agent sifatida tark etgan futbolchi "Bavariya"ga o‘tadi

  • 2 iyun, 2023, 23:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina "Borussiya"ni erkin agent sifatida tark etgan Rafael Gerreyro faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Bild" nashri xabar berdi. Himoyachining o‘zi myunxenliklar safiga qo‘shilishga tayyor, lekin rahbariyat o‘zgarganidan keyin mazkur transfer kechroq amalga oshishi mumkin.

Tecno

29 yoshli portugal "Borussiya"da 7 yil to‘p tepdi va shartnoma muddati tugaganidan keyin jamoa bilan xayrlashdi. Gerreyro klubi bilan ushbu mavsum Bundesligada chempion bo‘lishga yaqin keldi. Yakunda esa Tuxel shogirdlari yana chempionatda g‘olib chiqdi.

 "Borussiya" va "Bavariya" jamoada o‘ynagan futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bular Robert LevandovskiMario GyottseMaty XummelsNiklas ZyuleMattias Zammer va Ottmar Xittsfeld. Ular orasiga endilikda Gerreyro ham qo‘shiladi. 

 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!