Bosh murabbiy aybni bo‘yniga oldi, uzr so‘radi va iste’fo berdi

  • 29.06.2026 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Janubiy Koreya milliy jamoasi bosh murabbiyi Xon Myon Bo jamoa jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng terma jamoani tark etishini ma’lum qildi.

- Koreya xalqidan chin dildan uzr so‘rayman. Men milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ketish haqida qaror qildim. Biroq koreys futboliga bo‘lgan muhabbatim so‘ngani yo‘q. Jamoamizni yana qo‘llab-quvvatlayman, u yana fuqarolar ishonchi va mehrini qozonishi uchun chin dildan yordam tilayman.

Terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini qabul qilish men uchun oson qaror bo‘lmagan. Mening yagona vazifam – zimmamga yuklatilgan mas’uliyatni oxirigacha bajarish edi. Har bir qarorim to‘g‘ri bo‘ldi, deb ayta olmayman. Jahon chempionatida kutilgan natijalarni ko‘rsata olmadik. Buning uchun butun mas’uliyat mening zimmamda, – deya Xon Myon Boning so‘zlarini keltiradi Yonhap agentligi.

Janubiy Koreya terma jamoasi A guruhida uchinchi o‘rinni egallab, uch ochko to‘pladi va shu bilan musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!