Bosh murabbiy gapidan keyin Madriddan ketadigan bo‘ldim!

  • 10.01.2026 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Konor Gallaher yanvar oyida jamoani tark etishga tayyorligini bildirdi.

Ma'lum bo'lishicha, angliyalik futbolchi madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone bilan suhbat o'tkazdi. Muloqot chog'ida argentinalik mutaxassis unga doimiy o'yin amaliyotini kafolatlay olmasligini ochiq aytgan.

TEAMtalk xabariga ko'ra,  Gallaher bu suhbatdan keyin jamoada qolmaslik to'g'ri yo'l ekaniga yana bir karra amin bo'ldi. O'z navbatida, klub ham munosib taklif tushsa, uni yanvar oyida qo'yib yuborishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Ayni paytda Gallahergа “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”, “Nyukasl” hamda “Inter” klublari o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, 25 yoshli yarim himoyachi aslida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Aristokratlar”ning asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchini London super klubi 2024 yilning yozida 42 million yevro evaziga “Atletiko”ga transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!