Bosh murabbiy: “Shaxtyor”da Yaxshiboev penalti tepmaydi!
Soligorskning “Shaxtyor” jamoasi murabbiyi Yuriy Vernidub jurnalistlar bilan suhbatda jamoasiga yangi qo‘shilgan futbolchilar va ularning jamoadagi o‘rni haqida gapirdi.
Xususan, jamoaning ikki futbolchisi – Jasur Yaxshiboev va Vitaliy Lisakovich to‘purarlar bahsida bellashayotgani bois penalti bo‘lsa, uni kim tepishi haqidagi savolga Vernidub quyidagicha javob berdi.
- Printsipimiz doimo bir xil: biz bir jamoamiz. Hech kim alohida yulduz emas, balki butun jamoa bilan yulduzmiz. Shu paytgacha penaltini Vitaliy tepib kelgan va bu ishini davom ettiradi. Har bir uchrashuv oldidan 11 metrli nuqtadan kim zarba yo‘llashini o‘zim aytaman. Agar Lisakovich o‘zini yaxshi qilmayotgan bo‘lsa, penaltini Ivanovich tepadi, - dedi Vernidub.
To‘purar bahsida 10 ta gol bilan etakchilik qilayotgan Jasur Yaxshiboev sobiq jamoasi “Energetik-BGU”ning asosiy penaltichisi hisoblanardi. U minskliklar tarkibida to‘rtta golni 11 metrlik nuqtadan kiritgan edi.
Fikrlar