Bosh murabbiysiz shug‘ullanayotgan "Mash’al" Yashinni oldi yoxud jamoada keldi-ketdilar yuz bermoqda

  • 22 iyul, 22:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi davradan so‘ng 15 ochko bilan 12-o‘rinni band etib turgan Muborakning "Mash’al jamoasi ham yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibida o‘zgarishlarni amalga oshirmoqda. Ayniqsa, mavsumning dastlabki qismida jamoa o‘yinidagi kamchiliklardan kelib chiqib, selektsiya ishlari olib borilyapti.

Tecno

Jumladan, darvozabon Vladimir Vagin, yarim himoyachi Ibrohim No‘’monov va ganalik legioneri Salifu Mudarisu bilan o‘zaro kelishilgan holatda shartnomalar bekor qilindi.

Klub ularning to‘ldirish uchun muzokaralarni olib bormoqda va ayrimlari bilan kelishuvlarga erishgan holda tarkibiga qo‘shib olmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, "Mash’al" hujum chizig‘ini kuchaytirish va yangi qon quyish maqsadida Qirg‘izistonning "Alay" klubida to‘p surib kelgan hujumchi Nuriddin Nuriddinov taklif qilindi.

Klub matbuot xizmati ushbu hujumchi bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

"24 yoshli andijonlik futbolchi o‘z vaqtida “Andijon” futbol klubi hamda Qirg‘izistonning “Alay” jamoalari safida to‘p surgan. U Qirg‘iziston Premer Ligasida 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol muallifiga aylangan, - deyiladi rasmiy xabarda.

Bundan tashqari, muborakliklar rossiyalik legioner Dmitriy Yashin bilan ham kelishuvga erishdi.

“Mash’al” jamoasi rossiyalik markaziy himoyachi Yashin Dmitriy Valerevich bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi", - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.

32 yoshli tajribali legioner Poxvistnevo shahrida tavallud topgan. U faoliyati davomida Rossiya, Belarus, Armaniston va Qozog‘iston chempionatlarida to‘p surgan.

Yashin o‘z vaqtida Rossiyaning "Terek" II, "Sokol" "Saratov", "Oryol", "Kuban" kabi jamoalari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Belarusning "Krumkachi", "Luch Minsk", "Dnyapro Mogilev", "Torpedo Jodino", Armanistonning "Gandzasar", Qozog‘istonning "Aktobe" va "Elimay" klublarida ham faoliyat olib borgan.

"Mash’al" ushbu himoyachi orqali mudofaa chizig‘ini kamchiliklarni bartaraf qilishni maqsad qilgan.

Oldin xabar berganimizdek, bosh murabbiy Asror Aliqulov klub bilan birga emas. "Mash’al" matbuot xizmati buning sababini oilaviy sabablar bilan bog‘ladi. Ya’ni, ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda ta’tilga chiqqan. Hozircha mashg‘ulotlarni Otabek Narzullaev o‘tkazib turibdi. Aliqulov ikkinchi davragacha jamoaga qaytadimi yoki yo‘qmi, bunisi noma’lum. Voqealar rivojini kuzatamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
23/07/2025 00:23
Хужумчи Нуриддиновни статистикаси "зур"ку.13 уйинда 1 гол.Балки,Андижонда очилиб кетар.Омад,Нуриддин.