
“Bosh vazir kubogi-2021” musobaqasiga qur’a tashlandi, jamoalar o‘z raqiblarini bilib olishdi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, mamlakatimizdagi vazirlik, idora va yuqori turuvchi tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida har yili futbol bo‘yicha “Bosh vazir kubogi” musobaqasini o‘tkazish belgilangan.
Uch yildan beri an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu musobaqa o‘yinlari bu safar 5-10 noyabr kunlari oralig‘ida o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan bugun, 4 noyabr kuni Turizm va sport vazirligida “Bosh vazir kubogi-2021” musobaqasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilgi musobaqada 43ta jamoa ishtirok etadigan bo‘ldi. Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimi shaffof, adolatli va sport prinsiplariga qat’iy amal qilingan holda tashkil etildi.
Quyida “Bosh vazir kubogi-2021” an’anaviy futbol musobaqasining 1/32 va 1/16 final bosqichidagi juftliklar bilan tanishing:
5 noyabr (1/32 final). O‘yinlar soat 10:00dan boshlanadi
1. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi – Ta’lim markazi;
2. Sog‘liqni saqlash vazirligi – Investitsiya va tashqi savdo vazirligi;
3. Oliy Majlis Senati – Energetika vazirligi;
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – AOKA;
5. Maktabgacha ta’lim vazirligi – Agro markaz;
6. O‘zLiDeP – O‘zA;
7. Agroinspektsiya – Davlat statistika qo‘mitasi;
8. Adliya vazirligi – Moliya vazirligi;
9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – Suv xo‘jaligi vazirligi;
10. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – Madaniyat vazirligi;
11. Yoshlar ishlari agentligi – Xalq ta’limi vazirligi;
6 noyabr (1/16 final), o‘yinlar soat 9:00dan boshlanadi
Turizm va sport vazirligi – 2-o‘yin g‘olibi
O‘zbekipaksanoat – O‘zMTRK
Transport vazirligi – 2-o‘yin g‘olibi
Oliy sud – 3-o‘yin g‘olibi
Davlat bojxona qo‘mitasi – 4-o‘yin g‘olibi
Markaziy bank – Davlat xizmatlari agentligi
Milliy olimpiya qo‘mitasi – 5-o‘yin g‘olibi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Davlat test markazi – 6-o‘yin g‘olibi
Din ishlari qo‘mitasi – Innovatsiya vazirligi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi – 7-o‘yin g‘olibi
8-o‘yin g‘olibi – O‘zgidromet markazi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi – 9-o‘yin g‘olibi
10-o‘yin g‘olibi – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Tashqi ishlar vazirligi – Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo‘mitasi
11-o‘yin g‘olibi – Davlat soliq qo‘mitasi.
Fikrlar