
"Brayton" "Arsenal" va "Chelsi" ko‘zlayotgan futbolchini qanchaga sotishini e’lon qildi
"Brayton" ekvadorlik yarim himoyachisi Moyses Kaysedoni qanday taklif bo‘lsa, sotishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoa rahbariyati "Chelsi" va "Arsenal" qiziqish bildirayotgan Kaysedoni qishki transfer oynasida qo‘yib yubormasligi haqida xabar berilgandi. Biroq futbolchining o‘zi allaqachon jamoa bilan xayrlashib, mashg‘ulotlarga kelmay qo‘ygan.
Independent nashri xabariga ko‘ra, “Brayton” Kaysedoni yanvar oyida 90 million funt sterlinglik taklif kelsagina sotishga tayyor.
Avvalroq, “chayqalar” yarim himoyachini “Arsenal”ga 60 million funt sterlingga sotishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.
Kaysedo joriy mavsum Premer-ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar