“Brayton” ham “Roma”dan hujumchi olmoqchi

  • 23.01.2023 21:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Brayton” jamoasi ham “Roma”dan ketishga qaror qilgan Nikolo Dzanolo uchun kurashga qo‘shildi.

23 yoshli futbolchining agenti Klaudio Vigorelli mijoziga mos jamoa topib, transferni yanvar oyi ichida yakunlashga harakat qilyapti.

“Brayton” bosh murabbiyi Roberto De Zerbiga Nikolo Dzanoloning o‘yin uslubi yoqadi va u tezroq italiyalik futbolchini qo‘lga kiritishga urinyapti.

Il Tempo nashrining ma’lum qiligicha, “Brayton” Dzanolo uchun 25 million evro to‘lashga tayyor. Rim klubi transfer masalasida “Vest Xem” va “Tottenxem” bilan ham muzokaralarni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!