Braziliya ketma-ket 11-marta Jahon chempionati pley-offiga yo‘l oldi
Braziliya milliy terma jamoasi Jahon chempionatlaridagi eng barqaror jamoalardan biri ekanini yana bir bor isbotladi.
Guruh bosqichining so‘nggi turida Shotlandiyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan braziliyaliklar o‘z tarixida ketma-ket 11-marta mundialning pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
"Pentakampionlar" 1986 yildan buyon o‘tkazilgan har bir Jahon chempionatida guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida jamoa ikki marta jahon chempioni bo‘lgan.
Joriy mundialda Karlo Anchelotti shogirdlari "C" guruhida 7 ochko jamg‘arib, to‘plar nisbati bo‘yicha Marokashni ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar