Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi: “Vinisius oʻrtamiyona futbolchi”

  • 06.02.2026 16:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jovanni Silva Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Juniyor haqida fikr bildirdi.

"U oʻrtamiyona oʻyinchi. "Real"da uning ahamiyati boshqacha. U cheklangan sportchi. U asosan dribling va tezlik evaziga oʻynaydi. Shu holos. Agar unga qarshi kuchli va chaqqon yigitni qoʻyib yuborsangiz, menimcha, u bunga qarshi hech narsa qila olmaydi. Ha, u baʼzi epizodlarda gʻalaba qozonadi, ammo u oʻyinlar taqdirini hal qiladigan futbolchi emas", - dedi Jovanni Jovanni Benja Me Mucho YouTube kanalidagi videoda.

Vinisius joriy mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!