Braziliya Xitoyni ayab o‘tirmadi, AQSh Shvetsiyaga yutkazib qo‘ydi!

  • 21 iyul, 2021, 16:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha Braziliya ayollar jamoasi Olimpiadaning birinchi turida qit’adoshlarimiz Xitoyni ayab o‘tirgani yo‘q. Uchrashuv yirik hisobda yakunlandi. Ikkita golni Marta o‘z hisobiga yozgan bo‘lsa, Debora, Anderson va Beatris bittadan golga mualliflik qildi. Shu tariqa, Marta 5 ta olimpiadada gol kiritishni uddalagan birinchi ayol futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyul sanasida Shvetsiya Avstraliya bilan kuch sinashadi. AQSh terma jamoasi Yangi Zelandiyalik qizlarni sinovdan o‘tkazadi. Braziliya guruh bosqichidagi ikkinchi uchrashuvini Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi. Xitoy Zambiya qarshiligini sindirishga urinib ko‘radi.

F guruhi. 1 tur

Xitoy — Braziliya — 0:5 (0:2)

Gollar: Marta, 9, 74. Debora, 21. Anderssa Alves, 82 (penalti). Beatris, 89.

G guruhi. 1 tur

Shvetsiya — AQSh — 3:0 (1:0)

Gollar: Blakstenius, 25, 54. Xurtig, 72

E guruhi. 1 tur

Buyuk Britaniya - Chili - 2:0 (1:0)

Uayt, 17 (1:0). Uayt, 72 (2:0)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!