Braziliyada bir uchrashuvda 23 ta futbolchi qizil kartochka oldi
Braziliyada boʻlib oʻtayotgan Minas-Jerais shtati chempionatining final uchrashuvi katta janjal bilan yakunlandi. "Kruzeiro" va "Atletiko Mineyro" oʻzaro toʻqnash keldi. Ikkinchi boʻlimning soʻnggi soniyalarida mushtlashuv boshlab, final hushtagidan soʻng ommaviy mushtlashuvga aylandi.
Janjal natijasida 23 nafar futbolchi qizil kartochka bilan jazolangan. Ularning barchasi ham mushtlashuvda ishtirok etgani uchun chetlatildi. Mushtlashuvda ishtirok etgan futbolchilar ichida taniqli braziliyalik hujumchi Xalk ham bor edi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu oʻyin "Kruzeiro"ning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Mushtlashuvga qaramay, oʻyindan keyin sovrinni topshirish odatdagidek oʻtkazildi.
Fikrlar