Braziliyalik super futbolchi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin
"Yuventus" sobiq yulduzi Duglas Kosta faoliyatini Italiya D Seriyasida davom ettirishga yaqin.
O‘z vaqtida Turinning "Yuventus", Myunxenning "Bavariya" klublari va Braziliya terma jamoasida yorqin o‘yinlari bilan ko‘plab muxlislar orttirgan Duglas Kosta Italiya D Seriyasida ishtirok etayotgan "Kyevo" klubida to‘p tepishi mumkin. Kosta Avstraliyaning "Sidney" klubi bilan xayrlashganidan so‘ng erkin agentga aylangan. U hozirda butsilarini mixga ilish haqida o‘ylamayapti. Manbaga ko‘ra, futbolchi allaqachon "Kyevo"da o‘ynashga rozilik bergan.
Ma’lumot uchun, "Kyevo" ayni vaqtda D Seriyada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar