
Braziliyalik vinger "Jirona"dan "Manchester Siti"ga o‘tdi
"Manchester Siti" o‘z tarkibiga yosh yulduzlarni qo‘shib olishda davom etadi. "Shaharliklar" bu safar ayni paytda "Jirona"da to‘p tepayotgan Savioni transfer qildi.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erishdi. Braziliyalik vinger yozda manchesterliklar safiga borib qo‘shiladi. U mavsumning qolgan qismini "Jirona"da ijarada o‘tkazishga qaror qilgan.
O‘tgan yozda Savioni kataloniyaliklar Frantsiyaning "Trua" klubidan bir mavsumga ijara oldi. 27 ta o‘yinda 7 ta gol urib, 7 ta assist amalga oshirgan futbolchi uchun top klublar kurashga kirishgandi, lekin "City Group"ning boshqa bir jamoasi "Manchester Siti" ushbu transferni hal qilib bo‘ldi.
Savioning 2023 yilning iyun oyidagi transfer narxi 5 million evro edi. Ayni paytda esa u 30 million evroga baholanmoqda. So‘nggi paytlar faoliyatida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan futbolchi APL tomon yo‘l olmoqda.
Fikrlar