
BREAKING! Messi "Barsa"dan rasman ketdi!
Xabaringiz bor, Lionel Messi kataloniyaliklar bilan shartnomasi yakunlagani uchun erkin agentga aylangandi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchi jamoa bilan yangi shartnoma imzolamaydi. 30 iyun kuni o‘z yakuniga etgan shartnoma bir necha kun ichida qaytadan tuzilishi taxmin qilingandi.
"Klub va Leo Messi kelishuvga erishgan va bugun yangi shartnoma imzolash niyatida bo‘lishiga qaramay, La Liga reglamenti bilan bog‘liq iqtisodiy va tarkibiy to‘siqlar tufayli hujjatni rasmiylashtirishning iloji yo‘q. Bu holat tufayli Lionel Messi endi "Barselona" sharafini himoya qilmaydi. Tomonlar klub va futbolchining istaklari bajarilmasligidan qattiq afsusda. "Barsa" futbolchiga klub taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi va unga shaxsiy va professional hayotida omad tilaydi",-deya yozdi "ko‘k-anorranglilar" matbuot xizmati.
Fikrlar