Asosiy mazmunga oʻtish

BRICS o‘yinlari. Bokschilarimiz musobaqani 20 ta medal bilan yakunlashdi!

Rossiyadan so‘ng ikkinchi bo‘ldik!

Qozon shahrida davom etayotgan VI BRICS xalqaro o‘yinlarining boks bahslari yakunlandi.

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning boks dasturida 5 ta oltin 7 ta kumush va 8 ta bronza, jami 20 ta  medal qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida esa mezbon Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bokschilarimiz bilan yana bir bor tanishtirib o‘tamiz:

Oltin medal:

-67 kg: Shavkatjon Boltaev
-71 kg: Havasbek Asadullaev
-92 kg: Madiyar Saydrahimov
+92 kg: Bahodir Jalolov
-54 kg: Nigina O‘ktamova

Kumush medal:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev
-54 kg: Shahzod Muzafarov
-57 kg: Hudoynazar Fayzov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-75 kg: Javohir Ummataliev
-80 kg: To‘rabek Habibullaev
-75 kg: Aziza Zokirova

Bronza medal:

-51 kg: Asilbek Jalilov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-86 kg: Shohjahon Abdullaev
-52 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-63 kg: Dilfuza Bekova
-70 kg: Mavluda Movlonova
-81 kg: Oltinoy Sotimboeva

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q