BRICS o‘yinlari. Bugun Bahodir Jalolov va yana 13 nafar bokschimiz yarim finalda jang qiladi

  • 21 iyun, 2024, 09:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ushbu bosqichga terma jamoamizning barcha vazndagi ishtirokchilari etib kelishdi. 

Tecno

Ringga ko‘tariladigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev - Asilbek Amanqul uulu (Qirg‘iziston)

-51 kg: Asilbek Jalilov - Bair Batlaev (Rossiya)

-54 kg: Shahzod Muzafarov - Adilet Qochqinbekov (Qirg‘izston)

-57 kg: Hudoynazar Fayzov - Maksim Pankov (Rossiya)

-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Arshak Tovmasyan (Rossiya)

-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov - Ilya Popov (Rossiya)

-67 kg: Shavkatjon Boltaev - Guram Gagiev (Janubiy Osetiya)

-71 kg: Havasbek Asadullaev - Sirgak Abdijonar (Qirg‘iziston)

-75 kg: Javohir Ummataliev - Mirsharif Kazimzade (Ozarbayjon)

-80 kg: To‘rabek Habibullaev - Rahemandu Halimulati (Xitoy)

-86 kg: Shohjahon Abdullaev - Vadim Shebliykin (Rossiya)

-92 kg: Madiyar Saydrahimov - Vatan Huseynli (Ozarbayjon)

+92 kg: Bahodir Jalolov - David Surov (Rossiya)

Bahslar Toshkent vaqti bilan 14:00 dan boshlab start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!