
BRIKS o‘yinlarida eng ko‘p medalga ega bo‘lgan belbog‘li kurashchilarimiz Jahon chempionatida ham 14 ta medalni qo‘lga kiritdi
Qozon shahri mezbonlik qilgan (Rossiya) BRIKS o‘yinlarining 21 iyun kuni o‘tkazilgan koresh bahslarida belbog‘li kurashchilarimiz 2 ta kumush, 6 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 22 iyun kungi belbog‘li kurash bellashuvlarida esa 7 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medalga ega chiqib, sport turlari orasida eng ko‘p 29 ta medallar jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. E’tiborli jihati, belbog‘li kurash musobaqasida to‘liq tarkib ya’ni 20 nafar polvonimiz ishtirok etdi va barchasi medallarga erishib, umumjamoa hisobida Rossiya terma jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni band etishga erishdi.
Kecha 23 iyun kuni shuningdek, Qozon shahrida tatar koreshi bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi. Ushbu jahon chempionatida 31 ta davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi va belbog‘li kurashchilarimizning mazkur xalqaro musobaqadagi natijalari ham tahsinga sazovor bo‘ldi. Quyida koresh bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etgan terma jamoamizning natijalariga e’tibor qaratamiz.
Oltin medal
Husniddin Ro‘ziev - 85 kg
Kumush medal
Nodir Abdumalikov - 60
Oybek Sultonov - 70
Ilhom Mashrabov - 80 kg
Jasurbek Isroilov - 90 kg
Nodirbek Ahatjonov - 100 kg
Ilyosbek Mirzahmedov - 130 kg
Hislat Pirmatov - +130 kg
Bronza medal
Jamoliddin Ne’matullaev - 60 kg
Mardonbek Kimsanboev - 65 kg
Azizjon Azimjonov - 70 kg
Nusrat Sultonboev - 85 kg
Bekzodbek Kamoliddinov - 90 kg
A’zamjon Anvarjonov - +130 kg.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi.
Fikrlar