Bruno Jahon chempionatidan so‘ng MYudan ketishi mumkin
Bruno Fernandesh keyingi yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.
"Daily Mail" nashrining xabar berishicha, yarim himoyachi Angliya Premer-Ligasida yana bir mavsum o‘ynashni va Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda ortiqcha qiyinchiliklarga duch kelmaslikni xohlayapti.
2026 yilgi mundialdan so‘ng u boshqa variantlarni, jumladan, Saudiya Arabistoni, AQSh klublari va Evropaning boshqa nufuzli ligalari takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi 2019-20 yilgi mavsumdan beri "Manchester Yunayted" safida to‘p tepib kelmoqda.
Fikrlar