"Bu erda u qadar baxtli emasman"

  • 11.10.2021 18:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozda PSJ a’zosiga aylangan Jorjino Veynaldum yangi jamoaga moslashish haqida fikr bildirdi. 

"Men to‘liq baxtliman, deb ayta olmayman. Vaziyat umuman xohlaganimdek emas. So‘nggi yillarda juda ko‘p o‘ynadim va har doim yaxshi formada bo‘ldim. Yangi chorlovni uzoq kutgan edim. Hozir shu holatga tushib qoldim. Bu juda qiyin. 

Bu futbol va u bilan qanday kurashishni o‘rganishim lozim. Men jangchiman. Har doim ijobiy fikrlab, o‘zgarish qilish uchun ko‘p ishlashim lozim", - dedi Veynaldum. 

Ma’lumot o‘rnida, niderlandiyalik pleymeyker yozda "Liverpul"ni tark etib, erkin agent sifatida PSJ bilan shartnoma imzolagan edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!