Bu futbolchi 17 yashar emas, 26 yoshga o‘xshaydi
“Barselona”ning tajribali hujumchisi Robert Levandovski yosh jamoadoshi Pau Kubarsi haqida fikr bildirdi. 35 yoshli polshalik forvard kataloniyaliklar himoyachisi yosh bo‘lishiga qaramay, makammal o‘ynayotganini ta’kidladi.
Pau Kubarsi 17 yashar emas, 26 yoshga o‘xshaydi. Bunaqa xotirjam o‘yinchini kimdir ko‘rganmikin. Hammamiz ham shu darajada sabr-toqatga ega bo‘lishimiz kerak.
Pau hozirning o‘zida mashg‘ulotlarda shunday ishlarni bajaradigan boshqalar bunaqa qilish uchun yillarni sarflab yuboradi. Uning kelajagi porloq, - dedi Robert Levandovski.
Istedodli himoyachi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kubarsi yanvar oyida asosiy jamoa tarkibiga o‘tkazildi.
La Ligada to‘qqiz marotaba maydonga tushgan Kubarsi Evropa Chempionlar ligasida ham debyutini nishonladi.
Pau Kubarsiga Angliya grandlari xaridor bo‘lmoqda. “Arsenal”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi klublar yosh futbolchini o‘ziga og‘dirib olish harakatiga tushib qolgan.

Fikrlar