Bu futbolchi "Barselona"ning asosiy maqsadi

  • 03.02.2022 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yangi chap qanot himoyachisi sotib olish "Barselona"ning yozdagi asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu haqda Diario Sport xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Valensiya" futbolchisi Xose Gaya bu borada "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy nomzodi sanaladi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi, biroq u shartnomani uzaytirish va shundan keyingina boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish niyatida.

Muqobil variant esa "Benfika"dan Aleks Grimaldo hisoblanadi. Uning shartnomasi ham 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq u shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Uning yozda klubni tark etishi ehtimoli katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!