Bu futbolchi ketib, “Liverpul” barbod bo‘ldi

  • 23 yanvar, 2023, 22:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Patris Evra joriy mavsumda “Liverpul” nega muvaffaqiyat qozona olmayotganining sababini izohlab berdi.

- Odamlar tan olishni istamasa ham, Sadio Manening ketgani “Liverpul”ga katta ziyon bo‘ldi. Joriy mavsumda bu shundoq ko‘rinib qoldi. Hamma narsa birgina futbolchiga bog‘liq emasligini yaxshi tushunaman, lekin Mane “Liverpul”ning eng muhim qismi edi, - dedi Patris Evra.

Sadio Mane 2016-2022 yillar davomida “Liverpul” safida to‘p tepgan. Bu davrda senegallik hujumkor futbolchi 269 ta uchrashuvda 120 ta gol va 48 ta assist qayd etgandi.

Keyinchalik Mane “Bavariya”ga o‘tib ketdi. Yurgen Klopp esa, bu o‘yinchi o‘rnini munosib tarzda bosadigan futbolchi topa olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!