Bu futbolchi Mourino uchun “Barsa” taklifini qabul qilmadi

  • 17.08.2021 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” hujumchisi Temmi Abraxam “Roma” bilan shartnoma imzolaydi. Garchi Rim klubi yangi futbolchini qo‘lga kiritganini rasman e’lon qilmagan bo‘lsa-da, aslida transfer hal etilgan.

Sky Italia via Sky Sports UK nashrining xabar berishicha,  “Barselona” iste’dodli hujumchini o‘z safiga chorlagan. Hatto, bosh murabbiy Ronald Kuman Abraxam bilan bog‘lanib, uni Kataloniyaga chaqirgan. Biroq, angliyalik hujumchi bu taklifni qabul qilmadi.

Abraxam Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynash uchun “Roma” variantini tanlagani aytilmoqda.

“Roma” Temmi Abraxam uchun “Chelsi”ga 40 million evro to‘laydi va hujumchining o‘ziga yiliga 5 million evro miqdorida maosh beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!