Gvardiola: Bu futbolchining o‘rnini bosadigani yo‘q!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Bernardu Silva klubda qolishini yana bir karra tasdiqladi.
- Bernardu Silva “Manchester Siti” qoladi, deb aniq aytdim. U biz uchun bir necha jihatlar bo‘yicha almashtirib bo‘lmay o‘yinchi hisoblanadi. Bernardu uch, to‘rt, kerak bo‘lsa, beshta pozitsiyada ishonchli o‘ynay oladigan mahoratli ijrochi, - dedi Xosep Gvardiola.
28 yoshli portugaliyalik hujumkor futbolchiga “Barselona” va PSJ jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Har ikki klub transferni so‘rab, “shaharliklar”ga o‘z taklifini yuborgan. Hatto Silva kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib, hozirgi klubidan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘ragan.
Avvaliga bu o‘yinchiga 100 million evro narx qo‘yib, xaridorlarni cho‘chitishni rejalashtirgan “Siti” mutasaddilari bu xarajatga rozi klublar borligini bilganidan keyin, Bernardu Silva sotilmasligini ma’lum qildi.

Fikrlar