
Bu ish faqat Mourinoning qo‘lidan keladi!
“Barselona”ning sobiq futbolchisi Samuel Eto’O “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino haqida iliq fikrlarini bildirdi.
- Joze — fenomen. U “Roma”ni uzoq yillik sovrinsiz mavsumlardan keyin Italiya chempioni qila oladigan yagona odam, - dedi kamerunlik futbol yulduzi.
“Roma” o‘z tarixida atigi uch marta mamlakat chempionligiga sazovor bo‘lgan. Poytaxt klubi ilk marta 1941-1942 yilgi mavsumda birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi chempionlik qirq yildan so‘ng, 1982-1982 yillarda qo‘lga kiritilgan.
Yangi asrda esa “Roma” 2000-2001 yilgi mavsumda Skudetto sohibiga aylangan edi.
Fikrlar