Bu jamoa Angliya chempioni bo‘lolmaydi

  • 25.12.2025 11:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubini boshqarayotgan italiyalik mutaxassis Entso Mareska jamoa joriy mavsumda Angliya chempionligini qo‘lga kiritishiga ishonmasligini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Chelsi”ga bu hozircha barqarorlik etishmayapti. Mareska mavsumning ikkinchi yarmida bu muammoni bartaraf etishga umid bildirdi.

- Agar barqarorroq o‘ynasak, eng yaxshilar qatorida bo‘lishimiz mumkin edi. Turli jamoalarga qarshi natijalarimiz farq qiladi. Bu muammoni bartaraf etish mavsumning ikkinchi qismidagi asosiy maqsadlarimizdan biriga aylandi, - dedi Entso Mareska BBC Sport jurnalistlariga.

Ayni paytda “Chelsi” Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!